Barcha hujjatlar

Asterium ilovasining Maxfiylik siyosati

2-iyun, 2026 dagi tahrir

Asterium mobil ilovasining (bundan keyin Ilova deb yuritiladi) ushbu Maxfiylik siyosati (bundan keyin Siyosat deb yuritiladi) "Asterium" AJ (bundan keyin Asterium deb yuritiladi) foydalanuvchisi Ilovadan foydalangan vaqtda uning qurilmasidan olishi mumkin bo‘lgan ma’lumotlarga nisbatan amal qiladi.

Ilovadan foydalanish foydalanuvchining O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga, jumladan, "Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish toʻgʻrisida"gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga, "Kripto-aktivlar muomalasi sohasidagi faoliyatini amalga oshiruvchi shaxslar uchun jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha ichki nazorat qoidalari"ga, "Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga va shaxsga doir ma’lumotlarga ishlov berish va ularni himoya qilish masalalarini tartibga soluvchi boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq shaxsiy ma’lumotlarni qayta ishlashga so‘zsiz roziligini, shuningdek, ushbu Siyosatga va unda ko‘rsatilgan ma’lumotlar va shaxsga doir ma’lumotlarga, shu jumladan, foydalanuvchi qurilmasidan olinadigan ma’lumotlarga ishlov berish shartlariga roziligini anglatadi. Foydalanuvchi o‘zining shaxsiy ma’lumotlarini taqdim etish orqali shaxsiy ma’lumotlar to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan barcha turdagi qayta ishlash, foydalanish va uzatishga, shu jumladan transchegaraviy uzatishga to‘liq va so‘zsiz roziligini tasdiqlaydi. Foydalanuvchi Siyosatga rozi bo‘lmagan taqdirda, Ilovadan foydalanishdan o‘zini tiyishi lozim.

Ushbu Siyosat faqat Ilovaga nisbatan qo‘llaniladi Asterium foydalanuvchi tomonidan uchinchi tomonga yuborilgan ma’lumotlarni (ularning uzatilishi oqibatlari) nazorat qilmaydi va javobgarlikni o‘z zimmasiga olmaydi, agar bunday uzatish foydalanuvchi Ilovadagi havolalar orqali o‘tishi mumkin bo‘lgan uchinchi tomon resursida amalga oshirilgan bo‘lsa.

Asterium yangi tahrirdagi Siyosatni Ilova veb-saytiga joylashtirish orqali ushbu Siyosatga o‘zgartirishlar kiritish huquqiga ega. Siyosatning dolzarb tahriri bilan mustaqil ravishda tanishib chiqish majburiyati foydalanuvchining zimmasida bo‘ladi.

1. Ilovadan foydalanishda foydalanuvchidan, shuningdek, foydalanuvchi qurilmasidan olinishi mumkin bo‘lgan ma’lumotlar tarkibi va ularni olish maqsadi (bundan keyin - Foydalanuvchi ma’lumotlari):

1.1. Shaxsiy ma’lumotlar subyektining toifasiga qarab, Ilova quyidagi shaxsiy ma’lumotlarni to‘plashi va qayta ishlashi mumkin:

1.1.1. Jismoniy shaxslar uchun:

§  Familiyasi, ismi va otasining ismi;

§  Tug‘ilgan sanasi va joyi;

§  Soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami yoki jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami;

§  Fuqarolik to‘g‘risidagi ma’lumotlar;

§  Doimiy va/yoki vaqtinchalik yashash joyi;

§  Shaxsni tasdiqlovchi hujjatning rekvizitlari (hujjatning raqami va seriyasi, berilgan sanasi va hujjatni bergan organning nomi);

§  Mobil telefon raqami;

§  Elektron pochta manzili va boshqa aloqa ma’lumotlari;

§  Operatsiyalarni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan moliyaviy ma’lumotlar;

§  Pul mablag‘larining kelib chiqish manbasi to‘g‘risidagi ma’lumotlar;

§  Mansabdor shaxs maqomi to‘g‘risidagi ma’lumotlar (mavjud bo‘lsa);

§  Kripto-hamyon manzili;

§  Kripto-aktivlar bilan amalga oshirilayotgan operatsiyalar to‘g‘risidagi ma’lumotlar.

1.1.2. Yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun:

§  1.1.1-bandda ko‘rsatilgan barcha shaxsiy ma’lumotlar;

§  Yakka tartibdagi tadbirkor sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar;

§  Amalga oshirilayotgan faoliyat turlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar;

§  Litsenziyalanishi lozim bo‘lgan faoliyat turlarini amalga oshirish uchun mavjud litsenziyalar to‘g‘risidagi ma’lumotlar.

1.1.3. Yuridik shaxslar uchun:

§  To‘liq, shuningdek qisqartirilgan nomi;

§  Davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar: sana, tartib raqami, ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organning nomi;

§  Soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami;

§  Joylashgan joyi (pochta manzili);

§  Mavjud litsenziyalar to‘g‘risida ma’lumot: faoliyat turi, litsenziya raqami va berilgan sanasi, kim tomonidan berilganligi, amal qilish muddati;

§  Yuridik shaxs nomidan ish yurituvchi jismoniy shaxsni identifikatsiyalash to‘g‘risidagi ma’lumotlar;

§  Muassislar (aksiyadorlar, ishtirokchilar) va ularning ustav fondidagi (kapitalidagi) ulushli ishtiroki to‘g‘risidagi ma’lumotlar;

§  Ro‘yxatdan o‘tkazilgan va to‘langan ustav fondi (kapitali) miqdori to‘g‘risidagi ma’lumotlar;

§  Boshqaruv organlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar (tuzilmasi va shaxsiy tarkibi);

§  Telefon raqamlari;

§  1.1.1-bandga muvofiq benefitsiar mulk egalarining shaxsiy ma’lumotlari.

1.2. O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida, shu jumladan jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasida nazarda tutilgan boshqa ma’lumotlar va hujjatlar.

1.3. Talablarga muvofiq identifikatsiya va verifikatsiya tartib-taomilini o‘tkazish uchun qo‘shimcha hujjatlar va ma’lumotlar. Verifikatsiya jarayoni doirasida foydalanuvchining biometrik identifikatsiyasi amalga oshiriladi, jumladan, foydalanuvchining shaxsi taqdim etilgan hujjatlarga muvofiqligini tasdiqlash uchun uning yuzini suratga olish va/yoki real vaqt rejimida tasvirga olish amalga oshiriladi. Biometrik identifikatsiya uchinchi tomon xizmatlaridan foydalangan holda amalga oshiriladi.

1.4. Foydalanuvchi qurilmasining joylashuvi haqidagi ma’lumotlar (uyali aloqa operatori tarmog‘i ma’lumotlari va GPS signallari asosida). Maqsad: Ilovadan foydalanishda foydalanuvchini uning joylashuvi bilan bog‘liq bo‘lgan qo‘shimcha xizmatlar haqida xabardor qilish.

1.5. Qurilma kamerasi yordamida olingan fotosuratlar. Maqsad: Ilovada amalga oshiriladigan xizmatlar doirasida fotosuratlarni olish va ulardan foydalanish, shu jumladan to‘lov hujjatlari, QR kodlar va shtrix-kodlarning fotosuratlarini olish, ularni aniqlash va Ilovada pul o‘tkazish operatsiyalarini amalga oshirish uchun foydalanish.

1.6. Operatsion tizim versiyasi va qurilma modeli haqida ma’lumot. Maqsad: Ilova ishidagi ehtimoliy xatolarni tahlil qilish va Ilova ishini takomillashtirish. Tahlil maqsadlarida operatsion tizim va qurilma modeli haqidagi axborotlar begona tashkilotlarga anonim tarzda yuborilishi mumkin.

1.7. Foydalanuvchining IP-manzili va ulanish nuqtasi manzili haqidagi ma’lumotlar. Maqsad: ilovadan foydalanish va moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirishda foydalanuvchi xavfsizligini oshirish.

1.8. Foydalanuvchi qurilmasidagi SMS xabarlar haqida ma’lumot. Maqsad: ilovada SMS xabarlarni saqlash va ulardan foydalanish.

2. Foydalanuvchi ma’lumotlarini qayta ishlash shartlari:

2.1. Shaxsiy ma’lumotlarga ishlov berish quyidagilarni o‘z ichiga oladi: shaxsiy ma’lumotlarni yig‘ish, tizimlashtirish, saqlash, o‘zgartirish, to‘ldirish, foydalanish, taqdim etish, tarqatish, uzatish, transchegaraviy uzatish, shaxssizlashtirish va yo‘q qilish.

2.2. Foydalanuvchi bilan muzokaralarning audio yoki videoyozuvini amalga oshirish, shu jumladan yozishmalarni yozib olish va bunday ma’lumotlarni kamida 5 yil saqlash.

2.3. Foydalanuvchi Asterium shaxsiy ma’lumotlarni avtomatlashtirish vositalaridan foydalangan holda yoki bunday vositalardan foydalanmasdan qayta ishlash huquqiga ega ekanligiga rozilik bildiradi.

2.4. Foydalanuvchi Asterium foydalanuvchining shaxsiy ma’lumotlarini quyidagi shaxslarga berish huquqiga ega ekanligiga rozilik bildiradi:

2.4.1. Vakolatli organ - O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi;

2.4.2. Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasidagi maxsus vakolatli davlat organiga;

2.4.3. O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida nazarda tutilgan hollarda huquqni muhofaza qiluvchi organlar va boshqa davlat organlariga;

2.4.4. Ilovada pul mablag‘larini o‘tkazish bo‘yicha operatsiyalarni amalga oshirish uchun moliya, bank, to‘lov va boshqa tashkilotlarga.

2.4.5. O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi va ommaviy ofertada nazarda tutilgan hollarda uchinchi shaxslarga.

2.5. Foydalanuvchi - O‘zbekiston Respublikasining rezidenti va/yoki norezidenti bo‘lgan jismoniy va/yoki yuridik shaxs O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida nazarda tutilgan hollarda, shu jumladan, ko‘rsatilgan organlar tomonidan bunday ma’lumotlar so‘ralgan taqdirda, o‘z shaxsiy ma’lumotlarini Vakolatli organga, maxsus vakolatli davlat organiga, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga va O‘zbekiston Respublikasining boshqa davlat organlariga berishga rozilik beradi.

2.6. Foydalanuvchining shaxsiy ma’lumotlariga ishlov berish muddati foydalanuvchi bilan tuzilgan shartnomaning amal qilish muddati, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan ma’lumotlarni saqlash muddatlari bilan belgilanadi, biroq bu muddat foydalanuvchi Ilovada oxirgi operatsiyani amalga oshirgan paytdan boshlab 5 yildan oshmasligi lozim.

2.7. Foydalanuvchi shaxsiy ma’lumotlarni qayta ishlashga bergan roziligini yozma xabarnoma yuborish orqali qaytarib olishga haqli. Shaxsiy ma’lumotlarni qayta ishlashga rozilik bekor qilingan taqdirda, Ilova foydalanuvchiga xizmat ko‘rsatishni to‘xtatadi. Asterium shaxsiy ma’lumotlarga ishlov berishni to‘xtatadi, shaxsiy ma’lumotlarni saqlash O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida, shu jumladan foydalanuvchining operatsiyalari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni oxirgi operatsiya amalga oshirilgan paytdan boshlab kamida 5 yil saqlash talablarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.

3. Ma’lumotlarning maxfiyligi va himoyasi

3.1. Asterium foydalanuvchi haqidagi ma’lumotlarning maxfiyligini ta’minlash va bunday ma’lumotlarni uchinchi shaxslarga oshkor qilmaslik majburiyatini oladi, O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi yoki ushbu Siyosatda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.

3.2. Asterium, O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida nazarda tutilgan hollarda, foydalanuvchi haqidagi ma’lumotlarni Vakolatli organga, Maxsus vakolatli davlat organiga, Huquqni muhofaza qiluvchi organlarga va boshqa davlat organlariga ularning so‘roviga ko‘ra oshkor qilish huquqiga ega;

3.3. Asterium foydalanuvchining shaxsiy ma’lumotlari O‘zbekiston Respublikasining Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risidagi qonun hujjatlari talablariga muvofiq himoya qilinishini ta’minlaydi.

 3.4. Muzokaralarning barcha audio va video yozuvlari, shuningdek, yozishmalar tarixi amaldagi qonunchilik talablariga va ichki xavfsizlik standartlariga qat’iy muvofiq ravishda saqlanadi. Ushbu ma’lumotlardan faqat tranzaksiyalar xavfsizligini ta’minlash, nizoli vaziyatlarni hal qilish va tartibga solish me’yorlarini bajarish maqsadida foydalaniladi. Asterium ushbu yozuvlardan boshqa maqsadlarda foydalanilmasligini va foydalanuvchining aniq roziligisiz uchinchi shaxslarga berilmasligini kafolatlaydi, qonun va ommaviy ofertada to‘g‘ridan-to‘g‘ri nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno.

3.5. Foydalanuvchi o‘z hisob ma’lumotlarining maxfiyligini ta’minlash va bunday ma’lumotlarni uchinchi shaxslarga bermaslik majburiyatini oladi.

Ushbu hujjat "ASTERIUM" AJning intellektual mulki hisoblanadi. "ASTERIUM" AJning yozma ruxsatisiz ushbu hujjatni to‘liq yoki qisman nusxalash, tarqatish yoki undan foydalanish taqiqlanadi va qonun bilan ta’qib qilinadi.

© «ASTERIUM» AJ, 2026 y.

Ushbu hujjat amaldagi tahrirda eʼlon qilinadi va oʻzgarishlarga qarab yuridik xizmat tomonidan yangilanadi.