Asterium ommaviy ofertasi — QR-kod orqali to‘lovlar
QR-koddan foydalangan holda tovarlar va xizmatlar uchun to‘lovlarni amalga oshirish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish uchun ommaviy oferta
"ASTERIUM" AJ (keyingi o‘rinlarda - Operator), "Octobank" AJning (keyingi o‘rinlarda - Bank) to‘lov agenti sifatida, jismoniy shaxslarga (Foydalanuvchilarga) QR-koddan foydalangan holda tovarlar va xizmatlar uchun to‘lovlarni qabul qilish yuzasidan xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha shartnoma tuzishni taklif etadi. Asterium ilovasida ro‘yxatdan o‘tish va QR-kod orqali birinchi to‘lovni amalga oshirish ushbu taklif shartlariga to‘liq rozilik bildirganingizni anglatadi.
QR-kod orqali to‘lov xizmati ("Xizmat") quyidagi shartlar asosida taqdim etiladi:
- Operator Agentlik shartnomasi asosida Bank nomidan va uning topshirig‘iga binoan harakat qilib, Foydalanuvchidan Asterium mobil ilovasida tovarlar va xizmatlarni yetkazib beruvchining QR-kodini skanerlash orqali tovarlar va xizmatlar uchun to‘lovlarni amalga oshirish bo‘yicha ko‘rsatmalarni qabul qiladi.
- Bank to‘lovlarni qayta ishlash va amalga oshirishni Bankning https://octobank.uz/usloviya-ispolzovaniya manzilida joylashtirilgan "Mobil ilova orqali to‘lov xizmatlarini ko‘rsatish to‘g‘risida"gi Ommaviy ofertasiga muvofiq amalga oshiradi.
- Tovarlar va xizmatlar uchun to‘lovlar to‘lov yuborilayotgan mamlakat valyutasida, Bank tomonidan belgilangan valyuta kursi bo‘yicha amalga oshiriladi.
- Foydalanuvchi kripto-aktivlarni o‘z akkauntiga kiritadi. Operator ularni operatsiya paytidagi kurs bo‘yicha fiat mablag‘lariga konvertatsiya qiladi.
Tarif va komissiyalar:
- Komissiya miqdori, konvertatsiya kursi va operatsiya limitlari har bir to‘lovni tasdiqlashdan oldin ilovada ko‘rsatiladi.
- Komissiya avtomatik ravishda ushlab qolinadi. Bank va to‘lov tizimlarining qo‘shimcha komissiyalari Bankning https://octobank.uz/chastnim-litsam/tarify-i-limity saytida joylashtirilgan "Octobank" AJ tariflariga muvofiq qo‘llaniladi.
- Kripto-aktivlarni konvertatsiya qilish kursi Operator tomonidan operatsiya vaqtida belgilanadi va yakuniy hisoblanadi.
Texnik xatolik sababli to‘lovning bekor qilinishi:
- Texnik xatolik, texnik nosozlik, operatsiyaga noto‘g‘ri ishlov berilishi, Bank, to‘lov tizimi yoki tovar va xizmatlar yetkazib beruvchisi tomonidan to‘lovni amalga oshirish yoki to‘lovni qaytarish imkoniyati bo‘lmagan hollarda, to‘lov Operator va/yoki Bank tomonidan bekor qilinishi (haqiqiy emas deb topilishi) mumkin.
- To‘lov bekor qilinganda, Foydalanuvchiga qaytarilishi kerak bo‘lgan fiat mablag‘lari Operator tomonidan kripto-aktivga teskari konvertatsiya qilinadi va Foydalanuvchining Asterium ilovasidagi hamyoniga o‘tkaziladi. O‘tkazilishi lozim bo‘lgan kripto-aktiv turi: HUMO Token.
- Texnik xatolik tufayli to‘lov bekor qilinganda, Foydalanuvchi fiat mablag‘larini HUMO Tokenga teskari konvertatsiya qilish hamda tegishli summani alohida qo‘shimcha tasdiqlashni olmasdan Foydalanuvchi hamyoniga o‘tkazish bo‘yicha Operator va/yoki Bankka oldindan o‘z roziligi va topshirig‘ini beradi.
Foydalanuvchi majburiyati:
- Ro‘yxatdan o‘tishda ishonchli ma’lumotlarni taqdim etish va (KYC) tekshiruvidan (identifikatsiya) o‘tish.
- Operatsiyani tasdiqlashdan oldin to‘lov tafsilotlarini (oluvchi, summa, komissiya, ayirboshlash kursi) tekshirish.
- Tovarlar va xizmatlarni yetkazib beruvchining skanerlangan QR-kodi to‘g‘riligiga ishonch hosil qilish.
- O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga rioya qilish va xizmatdan noqonuniy operatsiyalar uchun foydalanmaslik.
- Xizmatdan noqonuniy operatsiyalarni amalga oshirish, jinoiy yo‘l bilan topilgan daromadlarni legallashtirish yoki terrorizmni moliyalashtirish uchun foydalanmaslik.
Shaxsiy ma’lumotlarni qayta ishlash:
Bu bilan Foydalanuvchi o‘zining shaxsiy ma’lumotlarini Operator - AJ "ASTERIUM" va Bank - "Octobank" AJ tomonidan qayta ishlanishiga rozilik beradi. Operator va Bank ushbu ofertani bajarish, identifikatsiya qilish, O‘zbekiston Respublikasining daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonun hujjatlari talablariga rioya etish maqsadida Foydalanuvchining shaxsiy ma’lumotlarini to‘plash, tizimlashtirish, jamlash, saqlash, aniqlashtirish, foydalanish va uchinchi shaxslarga (shu jumladan to‘lov tizimlari va regulyatorlarga) uzatishni amalga oshiradi.Javobgarlikning cheklanishi:
Operator faqat Bankning to‘lov agenti sifatida faoliyat yuritadi va Bank, to‘lov tizimlari, mablag‘larni oluvchilar hamda tovar va xizmatlarni yetkazib beruvchilarning xatti-harakatlari uchun javobgar emas. Operator tovarlar va xizmatlarni yetkazib beruvchi tomonidan shakllantirilgan QR-kodning to‘g‘riligi, sotib olinadigan tovarlar va xizmatlarning sifati, Operatorga bog‘liq bo‘lmagan sabablarga ko‘ra yuzaga kelgan texnik nosozliklar, valyutalar va kripto-aktivlar kurslarining o‘zgarishi uchun javobgar emas. Operatorga bog‘liq bo‘lmagan sabablarga ko‘ra yuzaga kelgan texnik nosozliklar; uchinchi shaxslarning Foydalanuvchining hisob ma’lumotlariga ruxsatsiz kirishi uchun Operator javobgar emas. Bank o‘zining Ommaviy ofertasiga muvofiq xizmatlar ko‘rsatadi. To‘lov tasdiqlangandan so‘ng (summa, komissiya, kurs) o‘zgartirilmaydi. Operator qonun hujjatlari buzilganligi, firibgarlik yoki noto‘g‘ri ma’lumotlar taqdim etilganligini gumon qilganda xizmat ko‘rsatishni to‘xtatib qo‘yish yoki rad etish huquqiga ega. Barcha nizolar muzokaralar yo‘li bilan, kelishuvga erishilmagan taqdirda esa O‘zR qonunchiligiga muvofiq sud tartibida hal etiladi. Da’voni ko‘rib chiqish muddati 30 kun.Oferta aksepti:
Birinchi pul o‘tkazmasini amalga oshirish Foydalanuvchining ushbu oferta, "Octobank" AJning Ommaviy ofertasi shartlariga to‘liq va so‘zsiz roziligini, shaxsiy ma’lumotlarni qayta ishlashga roziligini va kripto-aktivlar bilan operatsiyalar tavakkalchiligini qabul qilishini anglatadi. Diqqat: Skanerlashdan oldin QR-kodning to‘g‘riligiga ishonch hosil qiling. Tasdiqlashdan oldin to‘lov tafsilotlarini (oluvchi, summa, komissiyani) tekshiring. Operator va Bank noto‘g‘ri QR-kod orqali yoki uchinchi shaxslarning firibgarlik harakatlari natijasida o‘tkazilgan mablag‘larni qoplamaydi. Operator Foydalanuvchi tomonidan sotib olingan tovarlar va xizmatlarning sifati uchun javobgar emas. Sifat, tovarlarni qaytarish va mablag‘larni qaytarish bo‘yicha barcha e’tirozlar bevosita tovar va xizmatlarni yetkazib beruvchiga yuboriladi. Xizmatdan noqonuniy operatsiyalar, jumladan, jinoiy yo‘l bilan topilgan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirish uchun foydalanish qat’iyan man etiladi va qonun bilan ta’qib qilinadi. Agar firibgarlik haqida shubha tug‘ilsa, operatsiyani yakunlamang va Asterium mijozlarni qo‘llab-quvvatlash xizmatiga murojaat qiling. Ushbu oferta O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi bilan tartibga solinadi. Operator xizmatlaridan foydalanish Foydalanuvchining ushbu ofertaning barcha shartlariga, shuningdek "Octobank" AJning Ommaviy ofertasiga roziligini anglatadi.«ASTERIUM» AJ
Operator (Bankning to‘lov agenti)
STIR: 311876558
Toshkent sh., Yakkasaroy t., Bobur ko‘chasi, 34a
«Octobank» AJ
Hamkor - bank
STIR: 203644820
Toshkent sh., Furqat ko‘chasi, 2
Tel.: 71 202-33-33
Uşbu hujjat amaldagi tahrirda eʼlon qilinadi va özgarişlarga qarab yuridik xizmat tomonidan yangilanadi.