Barça hujjatlar

Foydalanuvchilarning "Fixed Earn" dasturi doirasida kripto-aktivlarini joylashtirish qoidalari

11-noyabr, 2026 dagi tahrir

Foydalanuvçilarning kripto-aktivlarini «Fixed Earn» dasturi böyiça joylaştiriş töğrisidagi uşbu qoidalar (keyinçalik — Qoidalar) Foydalanuvçilarning Dasturda iştirok etiş, mukofot pullarini hisoblaş va tölaş şartlari hamda tartibini, şuningdek, Tomonlarning huquq va majburiyatlarini belgilaydi.

Qoidalar Kripto-birja Ommaviy ofertasining ajralmas qismi (ilovasi) hisoblanadi va u bilan birgalikda qöllaniladi. Qoidalar bilan tartibga solinmagan masalalarda Ommaviy oferta, Platformaning boşqa hujjatlari va Özbekiston Respublikasi qonunçiligi normalari amal qiladi.

Foydalanuvçining uşbu Qoidalarga roziligi hamda Dastur doirasida Kripto-birja tomonidan kripto-aktivlardan foydalanişiga roziligi 13-bölimda nazarda tutilgan tartibda ifodalanadi.

«Fixed Earn» dasturi bank omonati (depoziti) hisoblanmaydi va daromadni kafolatlamaydi. Tomonlarning özaro munosabatlariga bank omonatlari uçun nazarda tutilgan kafolatlar amal qilmaydi. Kripto-aktivlardan foydalaniş uşbu Qoidalarning 10-bölimida bayon etilgan xatarlar bilan boğliq.

1. Atamalar va ta'riflar

Uşbu Qoidalarda quyidagi atamalardan foydalaniladi:

Kripto-birja — Özbekiston Respublikasi qonunçiligiga muvofiq röyxatdan ötgan, Özbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi tomonidan berilgan litsenziya asosida kripto-aktivlar savdosini taşkil etiş faoliyatini amalga oşiruvçi yuridik şaxs bölgan «ASTERIUM» aksiyadorlik jamiyati.

Mijoz/Foydalanuvçi — Kripto-birjaning Ommaviy ofertasini akseptlaş orqali Kripto-birjada kripto-aktivlar bilan operatsiyalarni amalga oşiriş böyiça Kripto-birja bilan şartnoma tuzgan jismoniy yoki yuridik şaxs, şu jumladan xorijiy jismoniy yoki yuridik şaxs.

Kripto-birjaning elektron platformasi (Platforma) — Kripto-birjaning axborot tizimi va (yoki) dasturiy-apparat qismi bölib, uning doirasida kripto-aktivlar savdosi, kliring, kripto-aktivlar bilan boğliq bitimlar böyiça hisob-kitoblar va özaro hisob-kitoblar amalga oşiriladi.

«Fixed Earn» dasturi (Dastur) — muddat yakunida mukofot tölaş şarti bilan, Foydalanuvçi tomonidan kripto-aktivlarni qat'iy belgilangan stavka ostida qat'iy belgilangan muddatga joylaştiriş.

Joylaştiriş (omonat) — şaxsiy kabinetda rasmiylaştirilgan, Foydalanuvçi tomonidan kripto-aktivlarni qaytariş va tölaş şartlari asosida Kripto-birjaga foydalaniş uçun topşiriş jarayoni.

Joylaştiriş muddati (N) — kripto-aktivni bloklaş davri (yetti (7), ön tört (14), öttiz (30), oltmiş (60), töqson (90), bir yuz sakson (180) yoki uç yuz oltmiş beş (365) kalendar kun)

Kalendar kun — haftaning istalgan kuni, şu jumladan dam oliş, bayram va boşqa işlanmaydigan kunlar.

Asosiy summa (D) — joylaştirilgan kripto-aktivning mukofot hisobga olinmagan summasi.

Mukofot (I) — Foydalanuvçining kripto-aktivlaridan Kripto-birja foydalanganligi uçun Foydalanuvçiga hisoblanadigan summa.

Stavka (APR) — joylaştirişni rasmiylaştirişda qayd etiladigan oddiy foizlarning yillik foiz stavkasi.

Qaytariş sanasi — joylaştiriş muddati tugaydigan sana bölib, u kelganda asosiy summa qaytariladi va mukofot tölanadi.

Şaxsiy kabinet — Foydalanuvçining Platformadagi hisob qaydnomasi (akkaunti).

Avtojoylaştiriş (Avtomatik qayta joylaştiriş) — Platformaning funksiyasi bölib, Foydalanuvçi tomonidan oldindan berilgan rozilik asosida va uşbu Qoidalarda belgilangan tartibda avvalgi joylaştiriş yakunlangandan söng, Foydalanuvçining kripto-aktivlari asosiy summasining yangi joylaştirilişini avtomatik ravişda amalga oşirişni nazarda tutadi.

Qayta joylaştiriş — Dastur doirasida kripto-aktivlarni joylaştiriş böyiça mustaqil operatsiya bölib, u avvalgi joylaştiriş yakunlanganidan söng, Foydalanuvçi tomonidan har bir bunday operatsiyani qöşimça tasdiqlamasdan avtomatik ravişda amalga oşiriladi.

Dastur mahsuloti — Dastur doirasida kripto-aktivlarni joylaştiriş şartlari, şu jumladan kripto-aktiv turi, joylaştiriş muddati, APR stavkasi, şuningdek, qöllaniladigan limitlar va Kripto-birja tomonidan belgilangan boşqa şartlar.

2. Qoidalarning predmeti

2.1.  Uşbu Qoidalarning predmeti Foydalanuvçiga Dastur doirasida öziga tegişli kripto-aktivlarni joylaştiriş, ulardan Kripto-birja tomonidan foydalanişga rozilik bildiriş va buning uçun uşbu Qoidalarda belgilangan tartibda mukofot oliş imkoniyatini taqdim etişdan iborat.

2.2.     Kripto-birja Foydalanuvçining roziligi bilan öz likvidliligini ta'minlaş, şu jumladan mijozlar oldidagi öz majburiyatlarini öz vaqtida bajariş maqsadida Foydalanuvçining kripto-aktivlari bilan öz nomidan va öz manfaatlarini közlab bitimlar tuzadi.

2.3.   Foydalanuvçining kripto-aktivlaridan foydalanişga faqat Kripto-birjada ularni töliq hajmda qaytariş imkoniyatiga asosli işonç mavjud bölgandagina yöl qöyiladi. Kripto-birja Foydalanuvçining kripto-aktivlarini kelişilgan muddatda qaytarişni ta'minlaş va ulardan foydalanganlik uçun pul tölaş majburiyatini öz zimmasiga oladi.

2.4.    Foydalanuvçi tomonidan 13-bölimda nazarda tutilgan harakatlarning amalga oşirilişi uning öziga tegişli kripto-aktivlardan Kripto-birja tomonidan uşbu Qoidalarda bayon etilgan şartlarda foydalanilişiga roziligi deb qabul qilinadi.

2.5.   «Fixed Earn» dasturi bank omonati (depoziti) hisoblanmaydi hamda bank depozit faoliyatini tartibga soliş va litsenziyalaş doirasiga kirmaydi; Tomonlarning munosabatlariga bank omonatlari uçun nazarda tutilgan kafolatlar amal qilmaydi.

2.6. Dastur daromad kafolati hisoblanmaydi. Qat'iy belgilangan stavka kripto-aktivlardan foydalanganlik uçun Tomonlar kelişib olgan mukofot miqdorini aks ettiradi va bozor daromadliligi prognozi hisoblanmaydi.

3. Iştirok etiş şartlari va Foydalanuvçiga qöyiladigan talablar

3.1.   Ommaviy oferta va Kripto-birjaning içki hujjatlarida nazarda tutilgan hajmda identifikatsiya (KYC) va verifikatsiyadan ötgan, şuningdek, Dasturda iştirok etiş imkonini beruvçi hisob qaydnomasi maqomiga ega bölgan Foydalanuvçi Dastur iştirokçisi bölişi mumkin.

3.2.  Yuqori tavakkalçilik turidagi operatsiyalar uçun mablağlar manbai va kapitalning kelib çiqişini tasdiqlagan holda kengaytirilgan tekşiruv ötkaziladi.

3.3.  Kripto-birja özining Ommaviy ofertasida hamda Özbekiston Respublikasi qonunçiligida nazarda tutilgan asoslar va tartibda iştirok etişni rad etiş yoki uni töxtatib turiş huquqiga ega.

4. Kripto-aktivlarni joylaştiriş tartibi

4.1.    Joylaştiriş Foydalanuvçi tomonidan şaxsiy kabinetda kripto-aktivni, joylaştiriş summasi va muddatini tanlaş, şuningdek, operatsiyani tasdiqlaş orqali mustaqil ravişda rasmiylaştiriladi.

Avtojoylaştiriş funksiyasi faollaştirilsa, kripto-aktivlarning keyingi joylaştirilişi uşbu Qoidalarda nazarda tutilgan tartibda, Foydalanuvçi tomonidan har bir bunday operatsiyani mustaqil ravişda rasmiylaştiriş va qöşimça tasdiqlaş zaruratisiz avtomatik tarzda amalga oşiriladi.

4.2.   Rasmiylaştiriş paytida asosiy summa (D), muddat (N) va stavka (APR) qayd etiladi. Körsatilgan parametrlar joylaştiriş muddati davomida özgartirilmaydi.

4.3.       Joylaştiriladigan summa butun joylaştiriş muddatiga bloklanadi. Asosiy summa va hisoblangan mukofotning hisobi alohida yuritiladi.

4.4.      Amaldagi tariflar va limitlar 5-bölimda keltirilgan. Kripto-birja istalgan vaqtda bir tomonlama tartibda tariflar va limitlarni özgartirişga haqli; bunda özgarişlar tarif va limitlar yangilangunga qadar rasmiylaştirilgan joylaştirişlarga tatbiq etilmaydi.

4.5.       Kripto-aktivlarni dastlabki joylaştirişni rasmiylaştirişda Avtojoylaştiriş funksiyasi standart holatda faollaştirilgan böladi. Foydalanuvçi dastlabki joylaştirişni tasdiqlaşdan oldin mazkur funksiyani mustaqil ravişda öçirib qöyiş huquqiga ega.

4.6.       Avtomatik joylaştiriş funksiyasi faollaştirilgan holda kripto-aktivlarning dastlabki joylaştirilişini tasdiqlaş orqali Foydalanuvçi Kripto-birja tomonidan har bir avvalgi joylaştiriş yakunlangandan söng kripto-aktivlarning asosiy summasini uşbu Qoidalar şartlari asosida, har bir bunday operatsiyani qöşimça tasdiqlaş zaruratisiz avtomatik ravişda keyingi joylaştirilişiga öz roziligini bildiradi.
Mazkur rozilik ketma-ket takroriy joylaştirişlarga nisbatan amal qiladi va Foydalanuvçi tomonidan Avtomatik joylaştiriş funksiyasi öçirilgungaça yoki uning amal qilişi uşbu Qoidalarda nazarda tutilgan asoslarga köra töxtatilgunga qadar öz kuçida qoladi.

4.7.     Har bir takroriy joylaştiriş Dastur doirasidagi mustaqil operatsiya hisoblanadi, tegişli Dastur Mahsuloti saqlanib qolgan va takroriy joylaştiriş sanasida uning şartlari özgarmagan taqdirda, dastlabki joylaştirişda belgilangan kripto-aktivlarning aynan öşa asosiy summasiga nisbatan, öşa muddatga va öşa APR stavkasi böyiça amalga oşiriladi.

4.8. Takroriy joylaştiriş avvalgi joylaştiriş yakunlangandan hamda Kripto-birja tomonidan uşbu Qoidalarning 7-bölimida nazarda tutilgan tartibda kripto-aktivlarning asosiy summasini qaytariş va hisoblangan mukofotni tölaş böyiça majburiyatlar bajarilgandan söng amalga oşiriladi.

Yakunlangan joylaştiriş böyiça hisoblangan mukofot Foydalanuvçining asosiy hisobiga ötkaziladi va takroriy joylaştiriş summasiga qöşilmaydi.

4.9.        Kripto-aktivlarni takroriy joylaştiriş bir vaqtning özida quyidagi şartlarga rioya etilgan taqdirda amalga oşiriladi:

- oldingi joylaştiriş yakunlangan hamda Kripto-birja kripto-aktivlarning asosiy summasini qaytariş va hisoblangan mukofotni tölaş böyiça majburiyatlarni bajargan paytda Avtomatik joylaştiriş funksiyasi faollaştirilgan bölsa;

- Dasturning tegişli Mahsuloti amalda va qayta joylaştiriş uçun oçiq bölib, uning şartlari dastlabki joylaştiriş vaqtida amal qilgan şartlarga nisbatan özgarişsiz qolgan bölsa;

- Foydalanuvçining Dasturda iştirok etişiga yoki uşbu Qoidalar, Ommaviy oferta va Özbekiston Respublikasi qonunçiligiga muvofiq qayta joylaştirişni amalga oşirişiga tösqinlik qiluvçi çeklovlar mavjud bölmasa.

4.10.  Mukofot stavkasi (APR) yoki Dastur Mahsulotining boşqa şartlari özgarsa, Dasturning tegişli Mahsuloti amal qilişdan töxtaydi va uning doirasida qayta joylaştiriş amalga oşirilmaydi.

Bunday holda, amaldagi joylaştiriş yakunlangaç, kripto-aktivlarning asosiy summasi va hisoblangan mukofot uşbu Qoidalarning 7-bölimida nazarda tutilgan tartibda Foydalanuvçining asosiy hisobiga ötkaziladi.
Dasturning yangi mahsuloti şartlarida kripto-aktivlarni joylaştiriş Foydalanuvçi tomonidan uşbu Qoidalarda belgilangan tartibda mustaqil ravişda amalga oşiriladi.

4.11.  Foydalanuvçi amaldagi joylaştiriş muddati tugagunga qadar istalgan vaqtda Şaxsiy kabinetdagi tegişli sozlama orqali Avtomatik joylaştiriş funksiyasini mustaqil ravişda yoqiş va öçiriş huquqiga ega.

Avtomatik joylaştiriş funksiyasi öçirilgandan söng, uni qayta yoqiş Foydalanuvçining mustaqil harakati orqali amalga oşiriladi va uşbu Qoidalar şartlari asosida keyingi avtomatik joylaştirişlarga rozilik bildiriş deb qabul qilinadi.

Avtomatik joylaştiriş funksiyasining öçirilişi keyingi takroriy joylaştirişlar uçun berilgan rozilikning amal qilişini töxtatadi hamda amaldagi joylaştiriş şartlari va muddatiga ta'sir qilmaydi.

4.12. Takroriy joylaştiriş amalga oşirilganda, yangi joylaştiriş uçun Avtomatik joylaştiriş funksiyasining faol holati saqlanib qoladi. Keyingi takroriy joylaştirişlar funksiya öçirilgunga yoki uşbu Qoidalarga muvofiq uning amal qilişi töxtatilgunga qadar Foydalanuvçi tomonidan avval berilgan rozilik asosida amalga oşiriladi.

4.13.  Har bir takroriy joylaştiriş töğrisidagi ma'lumotlar, jumladan, asosiy summa, joylaştiriş muddati, APR stavkasi va joylaştirişning tugaş sanasi Foydalanuvçining Şaxsiy kabinetida aks ettiriladi.   

Takroriy joylaştirişni amalga oşiriş imkoni bölmasa, Kripto-birja Foydalanuvçini Platforma va (yoki) Ommaviy ofertada nazarda tutilgan boşqa aloqa kanallari orqali xabardor qiladi.

5. Tariflar va limitlar

Dastur parametrlari:

Joylaştiriş muddati (kunlarda)

7

14

30

60

90

180

365

APR stavkasi

3,50%

3,75%

4,75%

5,25%

5,75%

6,50%

9,00%

Joylaştiriş / mukofot / tölov valyutasi

USDT

USDT

USDT

USDT

USDT

USDT

USDT

Minimal joylaştiriş summasi

1 USDT

1 USDT

1 USDT

1 USDT

1 USDT

1 USDT

1 USDT

Bitta joylaştiriş (bitta operatsiya) uçun maksimal summa – USDT

100,000

100,000

100,000

100,000

100,000

100,000

100,000

Muddatidan oldin qaytarib oliş komissiyasi

0%

0%

0%

0%

0%

0%

0%

Çiqariş komissiyasi

0%

0%

0%

0%

0%

0%

0%

6. Mukofotni hisoblaş va hisob-kitob qiliş

6.1. Mukofot joylaştirilgan asosiy summaga oddiy foiz stavkasi böyiça (kapitalizatsiyasiz) hisoblanadi.

6.2.       t davri (kunlarda) uçun mukofotning bazaviy formulasi:

I = D × APR × t ÷ 365

bu yerda I — t davri uçun mukofot;

D — joylaştirilgan asosiy summa;

APR — yillik stavka; t — kunlar soni.

6.3.     Hisoblaniş har kuni oldingi hisob-kitob kuni uçun (hisob-kitob kunining boşlanişi — 00:00 UTC) har bir valyutaga oid yagona yaxlitlaş qoidalari asosida amalga oşiriladi.

6.4.       Hisob-kitob misoli:

Parametr

Qiymat

Joylaştiriş sanasi va vaqti (T)

01.03.2026, 14:50 UTC

Joylaştiriş muddati (N)

7 kun

Joylaştiriş summasi (D)

1 000 USDT

Stavka (APR)

3,50%

1 kunlik hisoblanadigan foyda: I = D × APR ÷ 365

0,095890 USDT

7 kunlik jami mukofot

0,671233 USDT

Tölaş va blokdan çiqariş sanasi (T + N + 1)

09.03.2026, 03:00 UTC gaça

7. Asosiy summani qaytariş va mukofotni ötkazib beriş

7.1.      Muddat tugagan sana kelganda, Kripto-birja muddat tugagan kundan keyingi kundan keçiktirmay (T + N + 1) asosiy summaning qaytarilişini va hisoblangan mukofotning tölanişini ta'minlaydi.

7.2.   Mukofot Foydalanuvçining Kripto-hamyoniga ötkaziladi va şundan söng uni umumiy şartlar asosida çiqariş mumkin böladi.

7.3.   Şubhali tranzaksiya aniqlanganda, mablağlarni qaytariş va mukofotni tölaş Kripto-birja tomonidan qonunçilik va Kripto-birjaning içki hujjatlarida nazarda tutilgan çoralar körilgandan söng amalga oşiriladi.

7.4.       Avtomatik joylaştiriş funksiyasi faollaştirilganda, yakunlangan joylaştiriş böyiça kripto-aktivlarning asosiy summasi uşbu Qoidalarning 4-bölimida nazarda tutilgan tartibda körsatilgan summani keyinçalik avtomatik ravişda qayta joylaştiriş orqali qaytariladi.
Yakunlangan joylaştiriş böyiça hisoblangan mukofot Foydalanuvçining Kripto-hamyoniga asosiy summadan alohida ötkaziladi va avtomatik ravişda qayta joylaştirilmaydi.

8. Muddatidan oldin qaytariş

8.1.  Agar ma'lum joylaştiriş şartlarida boşqaça tartib belgilangan bölmasa, Foydalanuvçi muddat tugaş sanasigaça istalgan vaqtda asosiy summani muddatidan oldin qaytarişni (muddatidan oldin qaytariş) talab qilişga haqli. Muddatidan oldin qaytariş Foydalanuvçi tomonidan mustaqil ravişda, Platforma vositalari orqali joylaştirilgan kripto-aktivlarni çiqariş sörovini yuboriş yöli bilan amalga oşiriladi. Foydalanuvçi tomonidan tasdiqlangan muddatidan oldin qaytariş operatsiyasi bekor qilinmaydi.

8.2.   Muddatidan oldin qaytarişda belgilangan stavka (APR) qöllanilmaydi va mukofot saqlab qolinmaydi: joylaştirişning haqiqiy muddati, şu jumladan, muddatidan oldin qaytariş rasmiylaştirilgan hisob-kitob kuni uçun ham mukofot hisoblanmaydi va tölanmaydi, avval hisoblangan, biroq tölanmagan mukofot esa bekor qilinadi. Foydalanuvçiga joylaştirişning faqat asosiy summasi qaytariladi.

8.3.   Asosiy summani qaytariş muddatidan oldin qaytariş boşlangan paytdan e'tiboran 3 (uç) kundan keçiktirmay, uni avtomatik tarzda blokdan çiqariş va Platformadagi Foydalanuvçining Kripto-hamyoniga ötkaziş orqali amalga oşiriladi. Hisobga ötkazilgunga qadar kripto-aktivlar bloklangan holatda qoladi va operatsiyalarni amalga oşiriş uçun yopiq böladi. Hisobga ötkazilgandan söng, pullarni Platformadan çiqariş umumiy şartlar asosida amalga oşiriladi.

8.4.   Foydalanuvçi operatsiyalarini töxtatib turiş va bloklaş, şuningdek, kripto-aktivlar hamda pullarni muzlatib qöyiş Kripto-birjaning Ommaviy ofertasida nazarda tutilgan asoslar va tartibda amalga oşiriladi.

9. Tomonlarning huquq va majburiyatlari

9.1. Kripto-birja majburiyatlari:

—  uşbu Qoidalarda belgilangan muddatlarda asosiy summani qaytariş va mukofot pulini tölaşni ta'minlaş;

—   Foydalanuvçilar oldidagi majburiyatlar va öz mablağlari hisobini alohida yuritiş;

—   Foydalanuvçilarga mukofot oliş şakli, miqdori va tartibi, şuningdek, amaldagi tariflar hamda limitlar haqidagi ma'lumotlarni yetkaziş.

9.2. Kripto-birja huquqlari:

—   joylaştirilgan kripto-aktivlardan öz likvidliligini ta'minlaş maqsadida öz nomidan va öz manfaatlarini közlab foydalaniş, şu jumladan, mijozlar oldidagi majburiyatlarni bajariş uçun öz mijozi bölmagan kontragentlardan pul va kripto-aktivlarni jalb qiliş;

— yangi joylaştirişlar uçun tariflar va limitlarni özgartiriş, şuningdek, yangi joylaştirişlarni qabul qilişni töxtatib turiş.

9.3. Foydalanuvçining majburiyatlari:

— mazkur Qoidalar şartlariga, Kripto-birjaning içki hujjatlariga va Özbekiston Respublikasi qonunçiligiga rioya qiliş;

—  şaxsiy kabinetga kiriş ma'lumotlarining but saqlanişi uçun mustaqil ravişda javobgar böliş.

9.4. Foydalanuvçi huquqlari:

— belgilangan tartibda joylaştirişlarni rasmiylaştiriş, mukofot va asosiy summani qaytarib oliş;

—   öz joylaştirişlari va hisoblanişlar holati töğrisida ma'lumot oliş.

10. Tomonlarning javobgarligi va xatarlarni oşkor etiş

10.1.  Tomonlar majburiyatlarni bajarmaganlik yoki kerakli darajada bajarmaganlik uçun mazkur Qoidalar, içki hujjatlar va Özbekiston Respublikasi qonunçiligiga muvofiq javobgar bölişadi.

10.2.  Kripto-aktivlarni joylaştirar ekan, Foydalanuvçi, jumladan, quyidagi xatarlarni anglab yetişini va öz zimmasiga olişini tasdiqlaydi:

—  Kredit xatari (kontragent xatari) — Kripto-birja tomonidan asosiy summani qaytariş va (yoki) mukofot tölaş böyiça majburiyatlarni bajarmaslik yoki kerakli darajada bajarmaslik xatari, şu jumladan, mazkur Qoidalarning 11-bölimida nazarda tutilgan alohida holatlar yuzaga kelganda.

—  Likvidlik xavfi — Kripto-birja majburiyatlarini öz vaqtida bajarişi uçun likvidlik yetarli bölmasligi xavfi. Bunday xavf yuzaga kelişi Kripto-birjani asosiy summani qaytariş va mukofot tölaş majburiyatidan ozod qilmaydi; uning oqibatlari uşbu Qoidalarning 11-bölimida belgilanadi.

—  Bozor xavfi — kripto-aktivning qiymati özgarişi mumkin; mukofot miqdori joylaştirilgan kripto-aktiv birliklarida qat'iy belgilanadi.

—   Texnologik, operatsion va tartibga soliş xavflari, şuningdek, kripto-aktivlardan foydalaniş bilan boğliq boşqa xavflar — Kripto-birjaning Ommaviy ofertasida körsatilgan hajm va şartlar doirasida böladi.

11. Fors-major va alohida holatlar

11.1.  Tomonlar yengib bölmas kuç (fors-major) holatlari oqibatida majburiyatlarni bajarmaganlik yoki kerakli darajada bajarmaganlik uçun javobgarlikdan ozod qilinadi. Bunday holatlar tuşunçasi, ular haqida xabardor qiliş tartibi va ular yuzaga kelişining oqibatlari Kripto-birjaning Ommaviy ofertasi bilan belgilanadi (23-bölim «Yengib bölmas kuç (fors-major) holatlari»).

11.2.    Kripto-aktivlar joylaştirilgan yoki ular orqali kripto-aktivlarni saqlaş yoki ötkaziş amalga oşiriladigan infratuzilma kontragenti — birja, kastodian yoki boşqa uçinçi şaxsning noçorligi (bankrotligi), tölovga qobiliyatsizligi, faoliyatining töxtatib turilişi yoki tugatilişi, şuningdek, bunday şaxsga nisbatan çeklov çoralari joriy etilişi, uning litsenziyasi olib qöyilişi (töxtatib turilişi) yoki aktivlari bloklanişi, — ya'ni körsatilgan holatlar Kripto-birjaning joylaştirilgan kripto-aktivlarni öz vaqtida olişiga obyektiv ravişda tösqinlik qilsa, maxsus holatlar deb qabul qilinadi. Maxsus holatlar yengib bölmas kuç holatlari hisoblanmaydi.

11.3.  Maxsus holatlar yuzaga kelganda, Kripto-birja quyidagi huquqlarga ega: asosiy summani qaytariş va mukofot beriş muddatini 90 (töqson) kalendar kungaça bölgan davrga uzaytiriş; majburiyatlarni restrukturizatsiya qiliş, şu jumladan tölovlar jadvalini tasdiqlaş; mablağlar kelib tuşişiga qarab, ularni Foydalanuvçilar örtasida talablari miqdoriga mutanosib ravişda taqsimlagan holda tölovlarni qismlarga bölib amalga oşiriş.

11.4. Kripto-birja maxsus holatlar yuzaga kelganligi va tugaganligi haqida Foydalanuvçilarni ular yuzaga kelgan (tugagan) sanadan e'tiboran 7 (yetti) iş kunidan keçiktirmay, Platformada va (yoki) şaxsiy kabinetda sabablari, tegişli joylaştirişlar röyxati hamda kutilayotgan tölov muddatlarini körsatgan holda xabar e'lon qiliş orqali xabardor qiladi.

12. Nizolarni hal etiş tartibi

12.1. Mazkur Qoidalardan kelib çiqadigan yoki ular bilan boğliq nizo va kelişmovçiliklar Kripto-birjaning Ommaviy ofertasida nazarda tutilgan tartibda hal qilinadi (20-bölim «Nizolarni hal qiliş tartibi»).

13. Qoidalarning amal qiliş muddati, aksept va özgartirişlar

13.1.    Foydalanuvçining şaxsiy kabinetida joylaştirişni rasmiylaştirişi hamda mazkur Qoidalar, Ommaviy oferta va Kripto-birjaning içki hujjatlari bilan tanişganligini tasdiqlaşi uşbu Qoidalarga rozilik, şuningdek, bir vaqtning özida Kripto-birja Foydalanuvçining kripto-aktivlaridan foydalanişiga rozilik beriş deb qabul qilinadi. Avtojoylaştiriş funksiyasi faollaştirilgan dastlabki joylaştiriş tasdiqlanganda, Foydalanuvçining mazkur Qoidalarni qabul qilişi ayni paytda uşbu Qoidalarning 4-bölimida nazarda tutilgan tartib va şartlar asosida kripto-aktivlarni keyingi avtomatik joylaştirişlarni amalga oşiriş uçun rozilik berişni ham anglatadi.

13.2.  Körsatilgan harakatlar amaldagi tahrirdagi Qoidalar şartlarini töliq va sözsiz qabul qilişni bildiradi.

13.3.  Kripto-birja Qoidalarga özgartirişlar kiritişga haqli. Özgartirişlar Platformada e'lon qilingan paytdan boşlab kuçga kiradi. Tarif va limitlarni özgartiriş mazkur Qoidalarning 4.4-bandida nazarda tutilgan tartibda amalga oşiriladi.

13.4.    Qoidalar e'lon qilingan sanadan boşlab to bekor qilinguniga yoki yangi tahrir bilan almaştirilguniga qadar amal qiladi.

13.5. Foydalanuvçining qayta joylaştirişga roziligi mazkur Qoidalarda va tegişli Dastur mahsuloti parametrlarida belgilangan şartlar doirasida kripto-aktivlarni keyingi qayta joylaştirişlarga amal qiladi hamda har bir qayta joylaştirişni amalga oşirişda qöşimça tasdiqlaşni talab qilmaydi.

14. Yakuniy qoidalar

14.1.  Mazkur Qoidalar Kripto-birjaning Ommaviy ofertasi va Kripto-birjaning boşqa içki hujjatlari bilan birgalikda qöllaniladi. Uşbu Qoidalar bilan tartibga solinmagan qismida yuqorida körsatilgan hujjatlar va qonunçilik qoidalari amal qiladi.

14.2.   Mazkur Kripto-birja Qoidalarida nazarda tutilmagan barça holatlarda quyidagi havola orqali tanişiş mumkin bölgan Ommaviy oferta qoidalari qöllaniladi: https://asterium.uz/documents/public-offer

14.3. Qoidalarning alohida bandi haqiqiy emas deb topilişi qolgan bandlarning haqiqiy emasligiga olib kelmaydi.

14.4.    Qoidalarning amaldagi tahriri Platformaga joylaştiriladi va Foydalanuvçi undan istalgan vaqtda tanişib çiqişi mumkin.

Uşbu hujjat «ASTERIUM» AJ‘ning intellektual mulki hisoblanadi. “ASTERIUM” AJ‘ning yozma ruxsatisiz mazkur hujjatdan töliq yoki qisman har qanday nusxa köçiriş, uni tarqatiş yoki undan foydalaniş taqiqlanadi.

© «ASTERIUM» AJ, 2026-yil.

Uşbu hujjat amaldagi tahrirda e'lon qilinadi va özgarişlarga qarab yuridik xizmat tomonidan yangilanadi.